Rossiyada ona o‘z qizini o‘n qavatli binodan tashlab yubordi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Rossiyada ona o‘z qizini o‘n qavatli binodan tashlab yubordi

Rossiyaning Sergiyev Posad shahrida mudhish jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Anna Obrazsova o‘zining 3 yoshli qizini 10-qavatdan pastga uloqtirib yuborganlikda gumon qilinmoqda. Fojiali hodisa 10 avgust kuni kechasi yuz bergan.

Dastlabki surishtiruvlar shuni ko‘rsatadiki, voqea vaqtida ayol mast holatda bo‘lgan va xonadonda ikki nafar farzandi bilan birga bo‘lgan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, ona qizini balkon panjarasidan oshirib, qasddan pastga tashlagan.

Balandlikdan qulash oqibatida qizcha turli darajadagi og‘ir tan jarohatlarini olgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ayolning xatti-harakatlari va jinoyatning aniq sabablari ekspertiza hamda tergov jarayonida to‘liq o‘rganib chiqiladi. Mazkur voqea jamoatchilik orasida katta rezonansga sabab bo‘ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish