Porsche 911 uslubidagi yangi divan taqdim etildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Porsche 911 uslubidagi yangi divan taqdim etildi

Italiyaning hunarmandchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan Arkadia-life kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti — P01 Classic divanini keng jamoatchilikka namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur mebel buyumi dizayni bilan mashhur Porsche 911 sportkarini yodga soladi. Ijodkorlar ushbu loyihani ishlab chiqishda o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridagi sport avtomobillari uslubidan ilhom olganliklarini ta’kidlashdi.

Ta’kidlash joizki, P01 Classic modeli haqiqiy avtomobil qismlaridan tayyorlanmagan. Bu shunchaki avtomobilsozlikdagi estetik yechimlardan foydalangan holda yaratilgan o‘ziga xos interyer elementi hisoblanadi.

Kompaniya muhandislari klassik avtomobil shaklini zamonaviy mebel funksionalligi bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilishgan. Hozirgi kunda ushbu divan faqat bir kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan har qanday xonadon yoki ofis interyeriga o‘zgacha ruh bag‘ishlashi ko‘zda tutilgan.

Arkadia-life mutaxassislari mahsulotni yaratishda yuqori sifatli materiallardan foydalangan holda, avtomobil dizayniga xos bo‘lgan nafislik va qulaylikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu loyiha avtomobil ixlosmandlari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘lishi shubhasiz.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish