Nepaldagi tabiiy ofat oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Nepaldagi tabiiy ofat oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda

Nepal hamda Tibet chegaradosh hududlarida kuzatilgan yirik ko‘chki va shiddatli suv toshqinlari mintaqada so‘nggi yillardagi eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tabiiy ofat oqibatlari juda og‘ir bo‘lib, rasmiy manbalar taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 200 nafarga yaqinlashdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, vaziyat o‘ta murakkabligicha qolmoqda.

Mutaxassislar va mahalliy hokimiyat vakillarini eng ko‘p xavotirga solayotgan masala — tog‘li hamda borish qiyin bo‘lgan olis hududlarda 1500 ga yaqin insonning bedarak yo‘qolganligidir. Hozirgi vaqtda hududlarda favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari va ko‘ngillilar tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda, biroq noqulay ob-havo sharoiti hamda infratuzilmaning izdan chiqqani qutqaruv jarayonlarini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.

Rasmiylar yo‘qolganlarni topish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirgan bo‘lsa-da, qurbonlar soni ortishi mumkinligi haqidagi xavotirlar saqlanib qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish