
Meksika huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan 25 yoshli bloger Sesar Daniel Nolasko Gastelumning o‘limi bilan bog‘liq jinoyatni fosh etish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiyani yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Internet foydalanuvchilariga Sezar Gastelum yoki Sezarin taxallusi bilan tanilgan marhumning o‘ldirilishi jamiyatda keskin muhokamalarni keltirib chiqargan edi. Meksika Xavfsizlik va fuqarolarni himoya qilish vaziri Omar Garsiya Xarfuch ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Milliy razvedka va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar hamkorligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar natijasida jinoyatga aloqador shaxslar aniqlangan va qo‘lga olingan. Tergov jarayonida to‘plangan dalillar mazkur qotillikning ortida turgan guruh faoliyatiga oydinlik kiritish imkonini berdi.
Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari ish bo‘yicha to‘liq hisobot tayyorlamoqda va aybdorlarni qonun oldida javobgarlikka tortish uchun tegishli protsessual harakatlarni davom ettirmoqda. Rasmiylar ushbu voqea yuzasidan tergov jarayoni shaffof o‘tishini ta’minlashga va’da berishdi.






Izohlar
0