Mars yuzasida aniqlangan g‘ayrioddiy obyekt mutaxassislar e’tiborini tortdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Mars yuzasida aniqlangan g‘ayrioddiy obyekt mutaxassislar e’tiborini tortdi

Mars sayyorasi yuzasida bir necha yil avval qayd etilgan g‘ayrioddiy surat internet tarmog‘ida keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Curiosity marsoxodi tomonidan tasvirga muhrlangan va tashqi ko‘rinishi meduzani eslatuvchi sirli obyekt mutaxassislar hamda oddiy foydalanuvchilar e’tiborini o‘ziga tortdi. Mazkur voqea haqida Naked Science nashri ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, bahslarga sabab bo‘layotgan tasvir 2023 yil 20 avgust kuni Curiosity marsoxodining o‘ng navigatsiya kamerasi orqali olingan. Garchi mazkur obyektning kelib chiqishi va tabiati borasida turli taxminlar ilgari surilayotgan bo‘lsa-da, ilmiy doiralar buni odatiy geologik jarayonlar yoki yorug‘likning optik ta’siri bilan bog‘liq hodisa deb hisoblashmoqda.

Hozircha kosmik agentlik tomonidan ushbu noodatiy shakl yuzasidan rasmiy bayonot berilmadi. Shunga qaramay, mazkur topilma Qizil sayyora sirli va o‘rganilmagan hududlariga bo‘lgan qiziqishni yana bir bor oshirdi.

Tadqiqotchilar marsoxod yuborayotgan ma’lumotlarni tahlil qilishda davom etmoqdalar.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish