Kolumbiyada ayol to‘rt nafar bir xil egizak farzand kutmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Kolumbiyada ayol to‘rt nafar bir xil egizak farzand kutmoqda

Kolumbiyada 38 yoshli Mariya Tapia tibbiyot tarixida kam uchraydigan holatda to‘rt nafar bir xil o‘g‘il farzandni dunyoga keltirish arafasida turibdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shifokorlarning qayd etishicha, homiladorlikning bunday shakli o‘ta noyob bo‘lib, u taxminan har 15 million holatdan birida kuzatiladi. Ayni damda Mariya homiladorlikning 30-haftasini boshdan kechirmoqda.

Bo‘lajak ona o‘z farzandlariga Mariano, Maksimiliano, Emiliano va Tiago deya ism qo‘yishni rejalashtirgan. Tibbiy kuzatuvlarga ko‘ra, chaqaloqlarning rivojlanishi shifokorlar nazorati ostida davom etmoqda.

Bunday holatning yuzaga kelishi genetika nuqtai nazaridan ham, klinik tajriba jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Mutaxassislar homiladorlikning ushbu bosqichida onaning salomatligi va chaqaloqlarning holatini barqaror saqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishmoqda.

Oila a’zolari va tibbiyot xodimlari to‘rt egzakning dunyoga kelishini katta qiziqish va mas’uliyat bilan kutmoqdalar. Mazkur voqea Kolumbiya tibbiyot jamoatchiligi e’tiborida bo‘lib, hamon noyob hodisa sifatida baholanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish