Jibutida muhojirlar kemasi cho‘kib ketishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Jibutida muhojirlar kemasi cho‘kib ketishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi

Sharqiy Afrikadagi Jibuti qirg‘oqlari yaqinida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan kema halokatga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kema suvga g‘arq bo‘lishi oqibatida 109 nafar inson vafot etgan. Qurbonlar orasida 15 nafar voyaga yetmagan bola ham borligi aniqlangan.

Ayni damda hududda keng ko‘lamli qutqaruv ishlari olib borilmoqda, biroq 116 nafar yo‘lovchining taqdiri hanuzgacha noma’lumligicha qolmoqda. Ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mahalliy rasmiylar va xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu hodisani mintaqadagi eng og‘ir dengiz fojialaridan biri sifatida baholamoqda. Qutqaruv guruhlari tirik qolganlarni topish maqsadida dengiz hududini diqqat bilan ko‘zdan kechirmoqda, biroq vaqt o‘tishi bilan bedarak yo‘qolganlarni topish ehtimoli kamayib bormoqda.

Mazkur holat mintaqada muhojirlar oqimi va ularning xavfsizligi masalasini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi. Hukumat vakillari halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Qutqaruv operatsiyasi davom etayotgani sababli qurbonlar soni o‘zgarishi mumkinligi istisno qilinmayapti.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish