Istanbulda ko‘p qavatli bino qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Istanbulda ko‘p qavatli bino qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Maltepe tumanida 8 oktyabr kuni ertalabki vaqtda fojiali hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jevizli mahallasining Dog‘u ko‘chasida joylashgan yetti qavatli turar joy binosining quyi uch qavati kutilmaganda qulab tushdi. Hozircha binoning qulashiga aniq nima sabab bo‘lgani ma’lum emas, mutaxassislar tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Ushbu ko‘ngilsiz hodisa oqibatida besh nafar fuqaro vafot etdi. Qutqaruv guruhlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida vayronalar ostidan o‘n kishi tirik holda chiqarib olindi va shifoxonaga yotqizildi.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar hamda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etildi. Ayni damda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Rasmiylar binoning qulash sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan bo‘lib, vayronalar ostida boshqa insonlar bor yoki yo‘qligi tekshirilmoqda. Hudud atrofi o‘rab olingan va aholi xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish