Istanbulda ikki tramvay to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchilar jarohat oldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Istanbulda ikki tramvay to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchilar jarohat oldi

28 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahri Zaytinburnu tumanida ikkita tramvay ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu to‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar borligi ma’lum qilingan. Anadolu Agency axborot agentligining xabariga ko‘ra, mazkur ko‘ngilsiz hodisa T1 Kabatash–Bog‘chilar tramvay yo‘nalishining Pazartekke va Topqapi bekatlari oralig‘idagi masofada sodir bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda transport vositalarining to‘qnashuviga nima sabab bo‘lgani mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda va holatning aniq tafsilotlari oydinlashtirilmoqda. Voqea haqida xabar kelib tushishi bilan zudlik bilan hodisa joyiga politsiya xodimlari, yong‘in-qutqaruv brigadalari hamda tez tibbiy yordam xizmati vakillari safarbar etildi.

Qutqaruv guruhlari jabrlanganlarga birlamchi yordam ko‘rsatish va hududdagi xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rishdi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi harakatni tiklash va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy idoralar surishtiruv ishlari yakunlangach, hodisa sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan. Hozirda hududda vaziyat nazorat ostiga olingan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish