Issiqko‘l tubidan Qoraxoniylar davriga oid noyob tangalar topildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Issiqko‘l tubidan Qoraxoniylar davriga oid noyob tangalar topildi

Qirg‘iziston hududidagi Issiqko‘l ko‘li tubida olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida X–XI asrlarga mansub Qoraxoniylar davri tangalari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tarixiy ahamiyatga ega topilmalar haqidagi ma’lumotni Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy xodimi va arxeologik tadqiqotlar hamrahbari Maksim Menshikov tasdiqladi. Tadqiqot ishlari ko‘l tubida joylashgan o‘rta asrlarga oid Toru-Ayg‘ir arxeologik majmuasida amalga oshirilgan bo‘lib, navbatdagi suvosti ekspeditsiyasi jarayonida mazkur tangalar aniqlangan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur topilmalar mintaqa tarixini o‘rganishda, xususan, Qoraxoniylar davlati davridagi savdo-iqtisodiy aloqalar va pul muomalasini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Arxeologlar guruhining ta’kidlashicha, Toru-Ayg‘ir majmuasi suv ostida qolgan qadimiy manzilgoh bo‘lib, u yerda olib borilayotgan tizimli kuzatuvlar har safar yangi artefaktlarni yuzaga chiqarmoqda.

Hozirgi bosqichda topilgan tangalar tegishli tartibda o‘rganilmoqda va ularning hudud tarixidagi o‘rni bo‘yicha tahlillar davom ettirilmoqda. Mazkur jarayon qadimiy sivilizatsiyalar izlarini saqlab qolish hamda ularni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida o‘tkazilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish