Gruziyada og‘riq qoldiruvchi dori uchun qozog‘istonlik haydovchi qamaldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Gruziyada og‘riq qoldiruvchi dori uchun qozog‘istonlik haydovchi qamaldi

Gruziya huquq-tartibot organlari qozog‘istonlik yuk mashinasi haydovchisiga nisbatan og‘ir hukm chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shuchinsk shahri fuqarosi bo‘lgan erkak o‘z avtomobilidagi dori qutisida saqlagan og‘riq qoldiruvchi vosita uchun 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Tengrinews nashrining ma’lum qilishicha, voqea joriy yilning aprel oyida sodir bo‘lgan.

Haydovchi Gruziyaning Poti portiga yetib kelgan vaqtida mahalliy bojxona xodimlari tomonidan ushlangan. Tekshiruv davomida uning shaxsiy buyumlari orasidan topilgan preparat tarkibida taqiqlangan moddalar borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mazkur dori vositasidan uzoq davom etadigan yuk tashish safarlarida bel va umurtqa pog‘onasidagi kuchli og‘riqlarni bartaraf etish maqsadida foydalanib kelgan. Hozirgi kunda sudlangan shaxsning yaqinlari qabul qilingan hukmdan norozi ekanliklarini bildirib, uni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat arizasini tayyorlamoqda.

Oila a’zolari haydovchining niyati noqonuniy harakatlar sodir etish bo‘lmaganini ta’kidlab, ishni adolatli hal etishga umid qilmoqda. Ayni damda ushbu masala bo‘yicha huquqiy jarayonlar davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish