Germaniyada haftasiga uch kunlik ish tartibi taklif etilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Germaniyada haftasiga uch kunlik ish tartibi taklif etilmoqda

Germaniya kansleri Fridrix Mers mehnat bozori samaradorligini oshirish hamda xodimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni shakllantirishga qaratilgan yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur taklifga ko‘ra, ish haftasini optimallashtirish maqsadida xodimlar uchun haftasiga 3 kun 12 soatdan ishlash va qolgan 4 kunni to‘liq dam olishga bag‘ishlash modelini joriy etish nazarda tutilmoqda. Kansler ushbu yondashuv ishchi kuchi uchun moslashuvchanlikni ta’minlashi va mehnat unumdorligini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi.

Hukumat rahbari ish vaqtini tartibga solishda mavjud kunlik cheklovlardan voz kechib, uni haftalik hisobga o‘tkazishni maqsad qilgan yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu o‘zgarishlar mehnat qonunchiligini zamonaviy iqtisodiy talablarga moslashtirish hamda xodimlarning ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlashga xizmat qiladi.

Fridrix Mers qonun loyihasini tezroq parlament muhokamasiga kiritish va uni qabul qilish tarafdori ekanligini bildirdi. Mazkur islohot Germaniya mehnat tizimida sezilarli yangilik bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish