
G‘arb davlatlarining Rossiyani xalqaro maydondan uzib qo‘yish va uni global hamjamiyatdan butunlay izolyatsiya qilish borasidagi ko‘p yillik urinishlari kutilgan samarani bermadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
AQSHning nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan Foreign Policy jurnalida chop etilgan tahliliy maqolada ta’kidlanishicha, mavjud geosiyosiy keskinliklar va sanksiyalar bosimiga qaramay, Moskva xalqaro diplomatiya hamda iqtisodiy jarayonlardagi o‘z ta’sirini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqda. Tahlilchilar fikricha, G‘arbning Rossiyani xalqaro quvg‘indiga aylantirish strategiyasi kutilganidek qat’iy natija bermadi.
Aksincha, Rossiya dunyoning boshqa mintaqalaridagi davlatlar bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, iqtisodiy va siyosiy izolyatsiyadan chiqish yo‘llarini muvaffaqiyatli topdi. Ushbu holat xalqaro munosabatlarda kuchlar muvozanatining o‘zgarayotganidan va an’anaviy g‘arbparast siyosatning global miqyosda o‘z ta’sir doirasini yo‘qotib borayotganidan dalolat beradi.
Mazkur jarayonlar jahon siyosiy xaritasida yangi qutblarning shakllanishiga va mavjud xalqaro tartibotning qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelmoqda.






Izohlar
0