Farzandiga ism tanlay olmagan juftlik ajrashishga qaror qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Farzandiga ism tanlay olmagan juftlik ajrashishga qaror qildi

Xitoyning Shanxay shahrida yuz bergan g‘ayrioddiy sud jarayoni jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Pudun yangi hududi xalq sudiga murojaat qilgan yosh juftlik o‘zaro kelishmovchiliklar sababli ajrashish qaroriga kelgan. Mojaroga asosiy sabab sifatida farzandiga ism tanlash borasidagi qat’iy qarama-qarshiliklar ko‘rsatilmoqda.

Ota va ona o‘rtasidagi murosasiz bahs natijasida bir yoshdan oshgan go‘dak shu kungacha tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘la olmadi. Rasmiy hujjatning yo‘qligi esa bolaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muhim jarayonlarda, jumladan, tibbiy emlash tadbirlarida jiddiy to‘siqlarni yuzaga keltirgan.

Huquqiy normalarga ko‘ra, farzandning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz uning ijtimoiy va tibbiy huquqlaridan to‘liq foydalanishi imkonsizdir. Hozirda sud vakillari ota-onaning o‘zaro kelishuvga erishishi va bolaning kelajagini o‘ylab, mas’uliyatli qaror qabul qilishi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Ushbu voqea oilaviy nizolarning farzand huquqlariga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yaqqol namoyon etdi. Mazkur ish bo‘yicha yakuniy qaror yaqin vaqt ichida sud tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish