Eronlik ayol o‘n bir nafar turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eronlik ayol o‘n bir nafar turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Eron huquq-tartibot organlari 56 yoshli Kolsum Akbariy ismli ayolni o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilib, tergov harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxs 22 yil mobaynida 11 nafar turmush o‘rtog‘ini zaharlash yo‘li bilan qasddan o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Tergov jarayonida aniqlanishicha, gumonlanuvchi asosan yoshi katta erkaklar bilan nikoh qurib, ularning boyligi hamda mol-mulkini o‘zlashtirishni ko‘zlagan.

Jinoyat sodir etish usuli sifatida zaharlash vositalaridan foydalanilgani qayd etilgan. Ayblanuvchining o‘zi bergan ko‘rsatmalarda qurbonlar soni rasmiy statistika ko‘rsatganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

U marhumlar soni 13 yoki 15 nafarni tashkil etishi ehtimolini tilga olgan, biroq vaqt o‘tishi bilan aniq raqamlarni eslab qola olmasligini ma’lum qilgan. Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mazkur holat yuzasidan barcha tafsilotlarni sinchiklab o‘rganmoqda.

Ish bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda va tergov guruhlari ayolning qilmishlarini to‘liq fosh etish ustida ish olib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish