Dog‘istonlik dorboz yuz metr balandlikda palov damladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Dog‘istonlik dorboz yuz metr balandlikda palov damladi

Dog‘istonlik taniqli dorboz va murabbiy Komil Mamayev o‘ziga xos rekord o‘rnatish maqsadida g‘ayrioddiy loyihani amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U yerdan 100 metr balandlikda, havoda muallaq turgan havo sharining savati ichida o‘zbek milliy taomi hisoblangan palovni tayyorladi. Ushbu jarayon 10 oktyabr kuni Dog‘istonning Erpeli ekoparkida tashkil etilgan V xalqaro palov festivali doirasida mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mazkur namoyish festivalning eng diqqatga sazovor voqealaridan biriga aylandi. Komil Mamayevning ta’kidlashicha, ushbu jasoratli qadamdan ko‘zlangan asosiy maqsad shunchaki tomosha ko‘rsatish emas, balki Dog‘istonning qadimiy dorbozlik an’analarini hamda mintaqa madaniy merosini xalqaro miqyosda kengroq targ‘ib qilish va ommalashtirishdan iborat.

O‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini yuqori balandlikda palov pishirish orqali namoyish etgan sportchi, bu kabi chiqishlar milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish