Braziliyada plastik jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayol vafot etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Braziliyada plastik jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayol vafot etdi

Braziliyada 51 yoshli tadbirkor Andreia Vieira Gaspar kosmetik jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Fojiali hodisa 12 avgust kuni erta tongda Goyaniya shahridagi tibbiyot muassasalaridan birida qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, marhuma yuz va bo‘yin qismida bir vaqtning o‘zida olti xil murakkab kosmetik muolajani amalga oshirishga qaror qilgan.

Taxminan 10 soat davom etgan jarrohlik operatsiyasidan bir necha soat o‘tgach, ayolning ahvoli keskin yomonlashgan va u hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar bir vaqtning o‘zida bir nechta jarrohlik aralashuvini o‘tkazish xavflari hamda tibbiy muassasadagi xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha tahlillar o‘tkazishmoqda. Mazkur voqea Braziliyada estetik tibbiyot sohasidagi tartib-qoidalar va bemorlar xavfsizligi masalasini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqdi.

Tergov jarayoni yakuniga ko‘ra, operatsiyani o‘tkazgan shifokorlar va klinikaning javobgarligi aniqlanadi. Marhumaning yaqinlari esa tibbiy xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish