Braziliyada 16 kishining o‘limida gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish6

Braziliyada 16 kishining o‘limida gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Braziliyaning olis hududlaridan birida 16 kishining o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu erkak huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazariga tushmaslik va javobgarlikdan qochish maqsadida bir necha yil davomida zich o‘rmonzorlarda yashirinib kelgan. Politsiya xodimlari tomonidan olib borilgan ikki kunlik intensiv qidiruv ishlari natijasida jinoyatda gumonlanuvchi shaxs ushlandi.

Tergov jarayoni tafsilotlari bo‘yicha izoh bergan politsiya tergovchisi Duglas Garsiyaning qayd etishicha, 33 yoshli Jorlan Lopes da Silvani topish bo‘yicha maxsus operatsiya 13 sentyabr kuni yakuniga yetdi. Huquq-tartibot idoralari vakillari gumonlanuvchining uzoq vaqt davomida odamlardan yiroq hududlarda yashirinib kelgani va qidiruv jarayonida murakkab sharoitlarda ishlashga to‘g‘ri kelganini ta’kidlashdi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan tegishli protsessual choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish