
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri hamda mamlakatning boshqa hududlarida maktab o‘quvchilari uchun joriy etilgan yangi kiyim-kechak qoidalari jiddiy jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur yangi tartibga ko‘ra, ta’lim muassasalarida diniy liboslar, xususan, hijob kiyishga cheklovlar o‘rnatilgan. Ushbu qaror ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari orasida keskin e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Dejurniy po SNG kanali va qator ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yuzaga kelgan vaziyat mamlakatda amal qilib kelayotgan dunyoviy boshqaruv modeli hamda jamiyatda diniy qarashlarning ta’siri kuchayib borayotgani o‘rtasidagi ziddiyatni yaqqol namoyon etmoqda. Hozirgi kunda maktablardagi kiyim-kechak masalasi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinayotgan asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Rasmiy idoralar mazkur cheklovlar ta’lim muassasalaridagi yagona o‘quv muhitini saqlab qolish va dunyoviy ta’lim standartlariga rioya etish maqsadida joriy etilganini ta’kidlamoqda. Ayni damda tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar davom etmoqda va vaziyat nazorat ostida saqlanmoqda.






Izohlar
0