Ayol farzandi uchun erining qahva ichishini aybdor deb bildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish3

Ayol farzandi uchun erining qahva ichishini aybdor deb bildi

AQSHda yuz bergan g‘ayritabiiy voqea jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda 22 yoshli ayol o‘z xiyonatini yashirish maqsadida mutlaqo mantiqsiz va kutilmagan vaj keltirgan. An-Nahar nashrining ma’lum qilishicha, oq tanli er-xotinning farzandi dunyoga kelgach, chaqaloqning terisi ota-onasinikidan sezilarli darajada to‘qroq ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat oilada jiddiy bahs va shubhalarni keltirib chiqargan. Vaziyatdan chiqib ketishga uringan ayol o‘zini oqlash uchun g‘alati bahona o‘ylab topdi.

Uning ta’kidlashicha, chaqaloqning terisi to‘q rangda bo‘lishiga erining kundalik hayotda haddan tashqari ko‘p qahva iste’mol qilishi sabab bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erining qahvaga bo‘lgan qaramligi irsiy belgilarning o‘zgarishiga va natijada farzandning tashqi ko‘rinishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.

Tibbiy nuqtai nazardan hech qanday asosga ega bo‘lmagan bu iddao atrofdagilarda hayrat uyg‘otdi va mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hozirda oiladagi ushbu vaziyat bo‘yicha aniq xulosalar mavjud emas, biroq ayolning bu vajlari haqiqatni yashirishga qaratilgan urinish sifatida baholanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish