AQSHning uch hududida O‘zbekiston Mustaqilligi kuni rasman e’lon qilindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSHning uch hududida O‘zbekiston Mustaqilligi kuni rasman e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir qator hududlarida muhim siyosiy va madaniy qarorlar qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, 2026 yilning 1 sentyabr sanasi Sietl shahri, Oregon shtati hamda mamlakat poytaxti Vashington, D.C. hududlarida rasman O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sifatida e’lon qilindi.

Mazkur tashabbus doirasida tegishli proklamatsiyalar imzolandi. Hujjatlarni tasdiqlash jarayonida Sietl meri Keti B.

Uilson, Oregon gubernatori Tina Kotek hamda Vashington meri Myuriel Bauzer ishtirok etdi. Rasmiy hujjatlarda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishganidan buyon bosib o‘tgan yo‘li, mamlakatning demokratik rivojlanish sari intilishi va xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni alohida e’tirof etilgan.

Shuningdek, ushbu qarorlar AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingani ta’kidlab o‘tildi. Ushbu sananing nishonlanishi o‘zbek diasporasi vakillari uchun ham muhim voqelik bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichidan dalolat beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish