AQSHdagi ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan fojia ortidan attraksionlar yopildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSHdagi ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan fojia ortidan attraksionlar yopildi

AQSHning Jorjiya shtatida joylashgan Six Flags ko‘ngilochar bog‘ida mudhish baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

12 oktyabr kuni sodir bo‘lgan ushbu fojia oqibatida 42 yoshli erkak vafot etdi. BBC axborot agentligining xabar berishicha, marhum Hassan Jihad Ibn Karim roller-koster attraksioni harakatlanayotgan pallada o‘rindig‘idan chiqib ketgan va balandlikdan yerga qulagan.

Olingan tan jarohatlari tufayli erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Mutaxassislar texnik nosozlik yoki xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganlik ehtimolini o‘rganishmoqda. Six Flags kompaniyasi vakillari yuz bergan holat yuzasidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini bildirib, tergov jarayonida barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishini ma’lum qildi.

Park ma’muriyati xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqish va attraksionlar faoliyatini tekshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan. Hodisa tafsilotlari aniqlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish