AQSHda hukumat rahbariyatini evakuatsiya qiluvchi yangi eskadrilya tashkil etildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

AQSHda hukumat rahbariyatini evakuatsiya qiluvchi yangi eskadrilya tashkil etildi

AQSH Harbiy-havo kuchlari Vashington yaqinida joylashgan Endryus aviabazasida yangi 5-vertolyot eskadrilyasini rasman ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur bo‘linmaning tashkil etilishi mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash hamda davlat boshqaruvi tizimining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tuzilmaning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda mamlakat rahbariyati hamda oliy darajadagi amaldorlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishdan iborat.

Shuningdek, eskadrilya hukumat faoliyatining uzluksizligini kafolatlash bo‘yicha maxsus topshiriqlarni bajarish uchun mas’ul etib belgilangan. Air Force tomonidan e’lon qilingan xabarda qayd etilishicha, ushbu bo‘linma 27 avgust kuni o‘z faoliyatini rasman boshlagan.

Strategik jihatdan muhim hisoblangan mazkur aviatsiya tarkibi mamlakatdagi boshqaruv barqarorligini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarga tezkorlik bilan javob qaytarish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Endryus aviabazasidagi ushbu yangilanish AQSH harbiy doktrinasi doirasida amalga oshirilayotgan rejaviy chora-tadbirlarning bir qismidir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish