
Hozirgi davr harbiy mojarolarida uchuvchisiz uchish qurilmalarining keng qo‘llanilishi va ularning soni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani dunyo mamlakatlari mudofaa tizimlari oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Yetakchi davlatlarning harbiy strateglari ushbu texnologik o‘zgarishlar fonida havo hujumidan mudofaa konsepsiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqdalar. Xususan, AQSH Mudofaa vazirligi o‘z hududini kichik va o‘rta o‘lchamdagi dronlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilish maqsadida maxsus sinov dasturini amalga oshirmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida yuqori energiyali lazer tizimlari va boshqa zamonaviy texnologiyalarni amaliyotda sinab ko‘rish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislarning fikricha, dronlarning arzonligi va ulardan ommaviy foydalanish imkoniyati an’anaviy havo mudofaa vositalarining samaradorligini pasaytirib yubordi.
Shu bois, Pentagon nafaqat hujumkor dronlarga qarshi kurashish, balki aniqlash va neytrallash bo‘yicha yangilangan yondashuvlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratmoqda. Mazkur jarayonlar kelgusida global xavfsizlik arxitekturasida dronlarga qarshi tizimlarning o‘rni yanada oshishini anglatadi.






Izohlar
0